“Xayr maktab-salom kollej” shiori ostida o`tkazilgan “So`nggi qo`ng`iroq” tadbiri

DSC_01852016 yil 25 may kuni Toshkent viloyati Piskent tumani XTMFMT va TEB ga qarashli 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida  “Xayr maktab,salom kollej  “ deb nomlangan bayram   tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jami 239 ta maktab o‘quvchisi , 25 ta o‘qituvchi, 45 ta ota-ona, 10 ta faxriy o‘qituvchi, Piskent tumani XTMFMT va TEB mudiri O‘.S.Qaraev, Piskent tumani XTMFMT va TEB uslubchisi K.Ismoilov , Piskent tumani  IIB KYoXQ  xodimi Nomozov Shuxrat Ortiqboevich , Piskent tumani IIB qo‘riqlash bo‘limi militsioneri safdor Sulaymonov Jasur Oblaqulovich,Taraqqiyot MFY raisi K.Ortiqov lar   ishtirok etdi. Continue reading «“Xayr maktab-salom kollej” shiori ostida o`tkazilgan “So`nggi qo`ng`iroq” tadbiri»

Ba’zan ishingiz ko’pligidan bosh qashishga ham vaqt topolmay turgan vaqtingizda bolangiz …

images

Ba’zan ishingiz ko’pligidan bosh qashishga ham vaqt topolmay turgan vaqtingizda bolangiz «Osmonda nechta yulduz bor?», «Quyosh kattami, oy?» deb savol beraverib holi joningizga qo’ymaydi. Shunda uni koyib yo jerkib tashlaganingizni o’zingiz ham bilmay qolasiz. Bunday qilish yaxshi emas. Negaligini bolaligini eslaganlar yaxshi biladi. Quyida ko’plab ota-onalarning shunga o’xshash ayrim xatolariga to’xtalamiz.
1. «Meni tinch qo’y!»
Ba’zan ba’zi onalarning bolalariga: «Jonimga tegib ketdilaring-ku!», – deganini eshitib qolamiz. Gohida o’zimizning ham ko’nglimizdan shu gap o’tadi, dilimizdagi tilimizga chiqib ketadi. Lekin bola shu gapni tez-tez eshitib tursa «Onamga gapirishdan foyda yo’q, doim band yoki charchagan bo’ladi» degan xulosaga keladi. Bunday e’tiborsizlik bolaga yomon ta’sir qiladi. Katta bo’lgach u buni ota-onasining yuziga solishi mumkin.
Nima qilish kerak?
Bolaga qachon u bilan birga rasm chizishga, o’ynashga, sayr qilishga vaqtining bo’lishini tushuntiring. Masalan: «Hozir juda bandman, sabr qilib tur, 15 daqiqadan keyin oy bilan quyoshdan qaysi kattaligini tushuntirib beraman».
2. «Qanday dangasasan-a…»
«Buncha lapashang bo’lmasang», «E, landovur». Bular bolalar ko’p eshitadigan ta’na-yu dashnomlar. E’tibor bering, ko’pincha bolaning qilmishini emas, o’zini muhokama qilishga tushib ketamiz! Ba’zan bolalar qo’ni-qo’shnilarga ular haqida nima deyotganimizni tasodifan eshitib qolishadi. Alam qiladi. Ehtiyot bo’ling, «yaxshi gapga ham, yomon gapga ham farishta omin deydi» degan gap bor. Farzandingiz dangasa bo’lib ulg’aysa ayb avvalo o’zingizda bo’ladi.
Nima qilish kerak?
Bolani emas, uning qilmishini muhokama qiling. U dangasa ham emas, lapashang ham emas. Aytganingizni aytganingizdek qilmayaptimi, shunchaki negadir uyqusi kelayotgan yo charchagan bo’ladi.
3. «Yig’lama, yosh bola bo’lma»
Ilk bora «ko’z yoshi — zaiflik belgisi», «yaxshi bolalar yig’lamaydi» deb kim, qachon aytgan o’zi? Shu tushuncha bilan ulg’ayib biz yig’lamaslikni o’rganamiz, ammo ko’z yoshini ichga yutish ruhiyatga yomon ta’sir qiladi. Yig’lagan kishi o’zini engil his qiladi, chunki stress gormoni organizmdan ko’z yoshi bilan chiqib ketadi.
Yig’lagan bola bizga nega yoqmaydi? Chunki unga qanday yordam berishni bilmaymiz. Ko’pincha buni tan olishni xohlamaymiz. Uni ovutamiz, ko’nmasa koyiymiz, jerkiymiz, turtamiz. Bolani ko’ndirish uchun avvalo yig’ining sababini aniqlash lozimligini unutib qo’yamiz.
Nima qilish kerak?
Bolaga ruhiy bosim o’tkazish va yig’lagani uchun uni uyaltirish odatingizni tashlang.
4. «Qarab tur, otang kelsin, aytib beraman»
Bola gapga kirmasa ko’pincha onalar yoki buvilar uni shu gap bilan qo’rqitmoqchi bo’ladi. Bu tahdiddan bola ikkita xulosaga keladi. Birinchisi — ona yoki buvidan qo’rqmasa ham bo’lar ekan. Ikkinchisi — otadan qo’rqish kerak ekan. Qo’rquv esa nevrozni keltirib chiqarishi mumkin.
Nima qilish kerak?
Bolani o’zingiz yo’lga soling. Uni tinchitishning bir nechta yo’li bor: ma’qullamay qarash, uning baqirishlariga e’tibor qilmaslik, nima uchun bunday qilmaslik kerakligini unga asta tushuntirish… O’zingizga ma’qulini tanlang.
5. «Tez-tez bo’l!»
Ayrim ota-onalar bolasini shunday deb shoshirgani etmaganday o’qrayib ham qarashadi, eshikni chertishadi. Farzandingiz narsalarini uzoq va chala-chulpa yig’ishtirsa, paypog’ini chappa kiysa jahlingiz chiqishi tabiiy. Ammo toriqib bolani qancha qichasangiz u o’zini shuncha aybdor his qiladi. Shoshganda labbay topilmas deganlaridek, ishini tez bajara olmaydi.
Nima qilish kerak?
Biror joyga bola bilan birga boradigan bo’lsangiz tayyorlanish uchun unga ko’proq vaqt bering, iloji boricha shoshirmaslikka harakat qiling.
6. «Balli! Qoyil!»
Bolani maqtashning nimasi yomon? Biron ishni qoyillatgan bolani maqtab uni keyingi muvaffaqiyatlarga ilhomlantiramiz-ku. Biroq ovqatini oxirigacha eyishidan totib rasm chizishigacha — har bir ishini maqtayversangiz bola uchun maqtovning qadri qolmaydi. Bundan tashqari u taltayib ketishi mumkin.
Nima qilish kerak?
Bolani qiynalib, terlab-pishib bajargan ishi uchungina maqtang.
http://tafsilot.uz/ saytidan olindi.

Microsoft tomonidan suratlarni farqlovchi yangi dastur ishlab chiqildi

Microsoft suratga qarab unda nima tasvirlanganligini aytib beruvchi maxsus dasturni ishga tushirdi. Bu haqda Gizmodo xabar bermoqda.

123CaptionBot dasturining sharhlari suratlardan iborat bo’lib, u hatto suratda aks etgan insonning yuz tasvirini ko’rsatib berish uchun emodzilardan mustaqil ravishda foydalanadi. Bu shu yo’nalishda ishlangan birinchi dastur emas, xuddi shunga o’xshash dasturni bundan ikki yil muqaddam Google kompaniyasi ham chiqargan edi. Ammo Microsoft tomonidan chiqarilgan CaptionBot dasturi ixchamroq etib ishlangan.Ayni damda dastur mukammal ishlamayapti va aksari holatlarda xatolikka yo’l qo’ymoqda. Har safar undan foydalanganda neyroset foydalanuvchidan uni baholashini so’raydi.